Android dasturlarini ishlab chiqish, xizmat turlarini yaratish eng ommabop sohalardan biri sifatida rivojlanib borayapti. Lekin bu kabi ilovlarni ishlash uchun bir qator dasturlash tillari - Java, Kotlin yoki Dart kabilarni o'rganib, keyin ularga bog'liq texnologiyalar yordamida ilovalarni ishlash biroz uzoq jarayonni bosib o'tadi. Lekin bu Kodular bilan muammo emas.
Kodular - sodda platforma bo'lib, oddiy logik bloklar yordamida dastur dizayni va processlarni tashkil etib, Android ilovalar yaratishga mo'ljallangan. Qulay interfeys va tayyor obyektlarni mavjudligi siz o'ylagan ko'rinishdagi ilovalarni ishlashga yordam beradi. Ko'rinishidan sodda ko'rinsada, ma'lumotlar bazasida bilan ishlash jarayoni tomonlama murakkab turdagi dasturlarni ishlashga ham yordam bera oladi.
Kurs davomida kodularning Android uchun ishlatiladigan eng ko'p obyektlari va shu bilan bir qatorda ularga oid ayrim dasturlardan namunalar yaratib, o'rgatiladi.
Ushbu kurs Android uchun dasturlashni o'rganishga vaqti yo'qlar, yoki qiynalayotganlar, boshlovchilar, umuman dasturlash sohasida bo'lmaganlar, yoki shu sohada o'zi uchun yangi yo'nalish kashf etmoqchi bo'lganlar uchun mo'ljallangan. Kursni o'zlashtirish uchun sizdan aynan bir sohada boshlang'ich bilim talab etilmaydi.