Ma'lumotlar bazasi va dizayni

SQL tilida ma'lumotlar bazasi bilan ishlashni o'rganish
Muallif:
Programmer UZ
Bo'limlar:
  • Premium Kurslar
  • Dasturlash / So'rovlar tillari
  • Web

200000 SO'M

Xarid qilish

Kursda:

  • 30 ta dars
  • 06:27:21
  • Yuklab olinadi

Kundalik ishlatayotgan dasturlaringiz, tashrif buyuradigan web-saytlaringiz va shunga o'xshash turli platformalarda chiqadigan ma'lumotlar qayerdan olinishi sizni qiziqtiradimi?

Yaratmoqchi bo'lgan loyihangizni dinamik - o'zgaruvchan holatda bo'lishini, doimo yangilanib turishini xohlaysizmi? Unda bu kurs aynan siz uchun.

SQL - Structured Query Language - Strukturalangan So'rovlar Tili bo'lib, ma'lumotlar bazasini boshqarish ustida ish olib boradi. 

Bu bir yo'nalish, alohida soha bo'lib, loyihada ma'lumotlarni saqlash, mavjud ma'lumotlarni uzatish, qo'shish, tahrirlash, o'chirish kabi ko'rinishda vujudga keladi. Siz foydalanishingiz mumkin bo'lgan PHP, Laravel, Java, C++, C#, REST API kabi tizimlar, tillar yoki texnologiyalarning deyarli barchasi bilan muomalada bo'la oladi.

Kurs davomida to'liq SQL tili haqida gap boradi, lekin asosiy fokus MySQL ga qaratiladi. Turli so'rovlarni tashkillashtirish, real baza ustida ish olib borish phpMyAdmin interfeysida aniq qilib ko'rsatiladi.

Ma'lumotlar bazasi dasturchisi loyihani qabul qilishi uchun, yoki uni boshqalarga tushunarli taqdim etishi uchun, ma'lumotlar bazasi dizaynini ham yaxshi tushuna olishi kerak. Shu sababli, unga asoslanib ER-EER diagrammalar tuzish va uning elementlari bilan tanishish ham alohida dars turkumida ko'rsatib beriladi.